O‘zbekistonning 32 ta shahrida «Soyali sayr ko‘chalari» tashkil qilinadi

eʼlon qilindi
Piyoda va velosipedda sayr qilish uchun
Foto: Pexels.com

Atrof-muhitni asrash yo‘nalishida bir necha yangi loyihalar e’lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 32 ta shaharda piyoda va velosipedda sayr qilish uchun «Soyali sayr ko‘chalari» tarmog‘i yaratilib, 64 ta mahallada yomg‘ir va oqova suvlaridan samarali foydalanish tizimi joriy etiladi.

Aholi uchun sohil bo‘ylarida zarur infratuzilma va 80 ta loyiha amalga oshiriladi. «Bir million yashil oila» harakati orqali yashil transport va energiya resurslaridan oqilona foydalanish targ‘ib qilinadi.

Shu yildan boshlab har ikki yilda bir marta «Markaziy Osiyo Eko Ekspo» xalqaro ko‘rgazmasi tashkil qilinadi

Shuningdek, «Yashil tadbirkor» platformasi ishga tushiriladi hamda «Shaffof qurilish» tizimida afzalliklar beriladi. 2025-yil 1-sentyabrdan yovvoyi o‘simliklarni yig‘ish uchun elektron auksion orqali kvotalar taqdim etiladi. «Evro-4» standartidan past bo‘lgan yoqilg‘ilarni sotish cheklanadi.

Loyihaning muhokamasi Uzbekistan 2030 hamda Regulation.adliya.uz veb-saytlarida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli budjet» loyihasining 2025-yilgi mavsumlari qachon start olishi haqida yozgan edik.

Shuningdek