Abduqodir Husonov «Manchester City»ga o‘tdi
eʼlon qilindi
«Manchester City» 20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonovning Fransiyaning «Lans» klubidan o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano X (ilgari Twitter) ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, «Lans» Husonovga Angliya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat bergan. Agar ko‘rik muvaffaqiyatli yakunlansa, futbolchi 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi, transfer summasi esa €40 mlnni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov «Lans»ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida yozgan edik.