Avtokreditlarni qaysi banklardan qulay shartlarda olish mumkin

eʼlon qilindi
36 ta bankdan 20 tasidan ortig‘ida avtokredit rasmiylashtirish mumkin
Foto: frizio / www.depositphotos.com

2025-yilning yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 36 ta bankdan 20 tadan ortig‘ida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kredit muddati banklarga qarab bir yildan besh yilgacha berilmoqda. Foiz stavkasi esa avtomobilning brendi va ommabopligiga qarab 5,5 foizdan 35,5 foizgachani tashkil qiladi.

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan Kia, BYD, Chery, Haval kabi avtomobillar uchun ba’zi banklar tomonidan maxsus takliflar taqdim qilinib, ularning foiz stavkalari qolgan ommabop avtomobillarga nisbatan kamroq. Shuningdek, UzAuto Motorsʼning Traverse, Captiva, Equinox, Malibu kabi avtomobillari uchun ham qulay takliflar taqdim qilinmoqda. Quyida Kursiv Uzbekistan birlamchi bozor uchun avtokredit ajratayotgan banklar roʻyxatini tuzib chiqdi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• ariza;

• pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;

• ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bilan tuzilgan avtomashina oldi-sotdi shartnomasi;

• qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning doimiy ish joyidan olgan oylik daromadlari.

Shuningdek, ikkilamchi bozor uchun avtokreditlar «Asia Alliance bank», «Hamkorbank», «Anorbank», «Infinbank», «Ipak yoʻli bank», «Ipoteka bank», «Oʻzmilliy bank», «Orient Finans bank», «Saderat bank», «Trastbank», «Sanoatqurilish bank», «Ziraat bank», «Davr bank», «Madad bank», «Turon bank» , «Kapitalbank» tomonidan taqdim etmoqda.

Avtokreditlar boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotlar banklarning rasmiy veb-saytlari va call-markazlari orqali olindi. Batafsil ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilish tavsiya etiladi, chunki shartlar o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, ba’zi hollarda banklar Markaziy bank tomonidan belgilangan qator talablarni bajarish zarurati tufayli avtokreditlashni vaqtinchalik to‘xtatishi mumkin. Masalan, Kursiv Uzbekistan muxbiri «Poytaxt bank» bilan bog‘landi. Garchi bank saytida BYD avtomobillari uchun kredit shartlari ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Сall-markaz xodimlari hozirda bank avtokreditlar taqdim etmayotganini tushuntirdi. Shuningdek, yuqorida taqdim etilgan axborot nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kreditdan oqilona foydalanishning oddiy yo‘llari haqida maqola taqdim qilgan edi.

Shuningdek