Los-Anjelesdagi yong‘inlar havo sifatini keskin yomonlashtirmoqda

eʼlon qilindi
Tutun uzoq muddatli salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin
Foto: Reuters/Daniel Cole

Los-Anjelesda o‘rmon yong‘inlari tufayli shaharda havoning sifati sezilarli darajada yomonlashdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tutun va kul shaharda keng tarqalib, rasmiylar havo sifati haqida ogohlantirishlar berdi. Maktablar darslarni bekor qildi, odamlar esa nafas olish qiyinlashgani sababli uydan chiqmaslikka majbur bo‘lmoqda.

Foto: Reuters/Daniel Cole

Tutunning zararli ta’siri nafaqat yong‘in hududida, balki shaharning boshqa qismlarida ham sezilmoqda. Havo tozalash uskunalari sotib olmagan ba’zi odamlar esa tutunni uylariga kirishini oldini olish uchun oynalarni yopib yashamoqda. Mutaxassislar yong‘inlardan kelgan tutun uzoq muddatli salomatlik muammolariga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Los-Anjelesdagi yong‘inlar 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Shuningdek