Neuralink uchinchi bemorga muvaffaqiyatli o‘rnatildi

eʼlon qilindi
2025-yilda yana 20-30 implant rejalashtirilgan
Foto: ABC News

Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi miya-kompyuter interfeysi qurilmasini uchinchi bemorga muvaffaqiyatli joylashtirildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, operatsiyada Las-Vegasda o‘tkazildi.

«Hozirda uchta odamda Neuralink qurilmalari o‘rnatilgan va ular yaxshi ishlamoqda», dedi Mask.

Neuralink, falaj va ALS kabi kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan miya implantlarini ishlab chiqayotgan startapdir. Ushbu tajriba usullari, odatda, bosh suyagini ochib, miya to‘qimasiga elektrodlarni joylashtirishni talab qiladi. Birinchi implant bir yil avval bemor Noland Arbaughda o‘rnatilgan edi.

Hozirda Neuralink AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan ikkita tadqiqot olib bormoqda. «Prime» tadqiqoti falaj bemorlariga kompyuter va smartfonlarni ong orqali boshqarish imkonini beradi, «Convoy» tadqiqoti esa bemorlarga yordamchi robot qo‘llarni boshqarishni o‘rgatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq United Airlines parvozlarida Starlink Wi-Fi xizmatlari ishga tushishi haqida yozgan edik.

Shuningdek