Yangiliklar

Prezident BAAga rasmiy tashrif buyuradi

2025-yil 13 – 16-yanvar kunlarida
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 13 – 16-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tashrif davomida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida qator uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazish, yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar va «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammitida ishtirok etish tashrif dasturining asosiy qismidir. Shuningdek, Dubayda BAA vitse-prezidenti Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlikni investitsiyalar, «yashil» energetika, raqamlashtirish, innovatsiyalar va turizm kabi sohalarda yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Madaniy-gumanitar almashinuvga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlovchi muhim kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevga 2025-yil uchun davlat moliyasi to‘g‘risida axborot berilgan edi.