Yangiliklar

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik bloger qo‘lga olindi

U ilgari ham tuhmat va tovlamachilik bilan sudlangan
Foto: Владислав Шатило / РБК

Sankt-Peterburgda O‘zbekistondan bo‘lgan mashhur YouTuber Ma’ruf Raimqulov hibsga olindi, deb xabar bermoqda Fontanka.ru nashri. U amaldorlarga tuhmat qilishda ayblanmoqda.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, bloger 2024-yil dekabr oyida YouTube kanalida siyosatchilarni haqorat qilgan beshta videoni e’lon qilgan. Ulardan biri taxminlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova bo‘lgan.

Bloger Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi 51-politsiyaga olib borilgan va u qidiruvni boshlagan Buxoro viloyati IIBga topshirilishi rejalashtirilgan. U ilgari ham tuhmat va tovlamachilik bilan sudlangan.

Ma’lumot uchun, ayni damda blogerning YouTube kanalida 285 mingdan ortiq obunachi bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV radikal bloger Abu Validni qidiruvga bergan edi.