
Toshkent metropoliteniga to‘rt vagonli zamonaviy 3 ta yangi metro poyezdi olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu poyezdlar yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini qisqartirish maqsadida, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilgach yo‘lovchilar xizmatiga topshiriladi.
Shuningdek, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi keltirilishi rejalashtirilgan. Bu sa’y-harakatlar metro vagon parklarini yangilash va harakat vaqtlarini yanada optimallashtirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd keltirilgan edi.