Yangiliklar

2025-yil Toshkent shahriga qoʻshimcha mingta avtobus olib kelinadi

Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi
Foto: Unsplash

2025-yilda Toshkent shahriga qoʻshimcha mingta yangi avtobus olib kelinadi. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mahkamovning soʻzlariga koʻra, bekatlarda 675 ta infokiosk oʻrnatiladi. Ular yordamida avtobuslarda yurish uchun QR-kodli bir martalik chiptalarni xarid qilish mumkin boʻladi.

Transport vaziri joriy yilning 1-fevraliga qadar Toshkent shahrida jamoat transportini yanada rivojlantirish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilishini qoʻshimcha qildi. Bundan tashqari, alohida dastur qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda infokiosklarning umumiy soni 5100 tani tashkil etib, ulardan 769 tasi avtobus bekatlariga oʻrnatilgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida avtobuslar soni 1,9 mingtadan tadan oshdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxt avtobuslari uchun naqd pulga chiptani qanday olish mumkinligi haqida fotoqoʻllanma tayyorlagan edi.