AQSh dollari rasmiy kursi yana rekord darajaga yetdi

Markaziy bankning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari rasmiy kursi 15 so‘m 8 tiyinga ko‘tarilib, 12 972,08 so‘mni tashkil etdi.
10-yanvarda ham kurs o‘sib, 12 957 so‘mga yetgan edi.
Shu bilan birga, 9-yanvar kuni dollar kursida qisqa muddatli pasayish kuzatilib, 22 so‘m 54 tiyinga kamaygan edi. Biroq 8-yanvarda dollar rekord darajada 12 962,98 so‘mga yetgan. Yangi yil boshida ham kursda o‘sish davom etdi: 7-yanvarda 12 948,10 so‘mni, 4-yanvarda esa 12 942,01 so‘mni tashkil etdi.
2025-yil uchun ekspertlar prognozlari
Alif Uzbekistan kompaniyasi rahbari Nuriddin Lafizovning fikriga ko‘ra, 2025-yil boshida so‘m dollarga nisbatan 13 000 so‘mlik psixologik chegarani kesib o‘tishi mumkin. U yil oxiriga borib kurs 13 700 – 13 800 so‘m atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Kep Depo kompaniyasining katta tahlilchisi Shodibek Kenjayev esa o‘rtacha yillik kursni 13 300 so‘m, yil oxirida esa 13 450 so‘mga yetishini bashorat qilmoqda.
Boshqa moliyaviy ekspertlar ham dollarning narxi o‘sishda davom etishi ehtimolini tasdiqlashmoqda.