Bolalar oromgohlari uchun yoʻllanma olish soddalashtirildi: tizim avtomatlashtirildi
eʼlon qilindi
Bu haqda prezident qaror imzoladi
Prezidentning farmoni bilan «Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanma olish axborot tizimi»ning «FHDYOning yagona elektron arxivi» bilan integratsiya qilinishi belgilandi.
Endilikda yoʻllanma xarid qilish jarayonida bolalarning tugʻilganlik guvohnomasi maʼlumotlari tizimga kiritilishi bilan ularning ism-sharifi, tugʻilgan sanasi va boshqa zarur maʼlumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.
Farmon doirasida yana quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- 2025–2026-yillarga moʻljallangan mablagʻlarning bir qismini qayta taqsimlash: Bu mablagʻlar 2023-yilgi yozgi mavsumda dam olgan bolalarning yoʻllanma xarajatlarini qoplash hamda 2024-yilda 59 ta oromgohda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari uchun qarzdorlikni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
- Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi oʻzgartirildi: Qoʻmita endilikda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasiga boʻysundiriladi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq xabar berganidek, 2024-2028-yillar davomida «SQB», «Agrobank», «Aloqabank» va «Milliy bank» tomonidan xususiy bog‘chalar tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozli kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.