Yangiliklar

Bolalar oromgohlari uchun yoʻllanma olish soddalashtirildi: tizim avtomatlashtirildi

Bu haqda prezident qaror imzoladi
Foto: Pexels.com

Prezidentning farmoni bilan «Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanma olish axborot tizimi»ning «FHDYOning yagona elektron arxivi» bilan integratsiya qilinishi belgilandi.

Endilikda yoʻllanma xarid qilish jarayonida bolalarning tugʻilganlik guvohnomasi ma’lumotlari tizimga kiritilishi bilan ularning ism-sharifi, tugʻilgan sanasi va boshqa zarur ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

Farmon doirasida yana quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • 2025 – 2026-yillarga moʻljallangan mablagʻlarning bir qismini qayta taqsimlash: bu mablagʻlar 2023-yilgi yozgi mavsumda dam olgan bolalarning yoʻllanma xarajatlarini qoplash hamda 2024-yilda 59 ta oromgohda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari uchun qarzdorlikni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
  • Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi oʻzgartirildi: Qoʻmita endilikda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasiga boʻysundiriladi.

Kursiv Uzbekistan avvalroq xabar berganidek, 2024 – 2028-yillar davomida «SQB», «Agrobank», «Aloqabank» va «Milliy bank» tomonidan xususiy bog‘chalar tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozli kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.