Yangiliklar

Davaktiv Xivadagi mehmonxonalarning xususiylashtirish muddatini uzaytirdi

Takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 20-fevral soat 23:59 ga qadar uzaytirildi
Foto: tashatuvango / Depositphotos

Davaktiv 2024-yil 13-dekabr kuni e’lon qilingan «Xiva Plaza» MChJ va «Xiva Lokomotiv» MChJlardagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish boʻyicha majburiyatga ega tijorat takliflarini qabul qilish bosqichi yuzasidan muddatning uzaytirilganini ma’lum qildi.

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant «RSM» kompaniyasining tavsiyasi va talabgorlarning soʻrovlariga koʻra, takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 20-fevral soat 23:59 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirildi.

Shuningdek, raqobatni oshirish maqsadida potensial investorlarni jalb qilish ishlari davom ettiriladi va qiziqish bildirish (Expression of Interest) arizalari qabul qilinadi. Arizalar info@rsm.uz elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Agentlik jarayonning barcha bosqichlari toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha xabardor qilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, Davaktiv sotish jarayonini oʻzgartirish yoki bekor qilish, shuningdek, muzokaralarni istalgan vaqtda rad etish huquqini saqlab qoladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Davaktiv ikkita mehmonxona va bitta sport faoliyati bilan shugʻullanadigan kompaniyani sotuvga qoʻygani haqida xabar bergan edi.