Yangiliklar

Endilikda ayrim ta’lim muassasalarining oshxonalari E-auksion orqali ijaraga beriladi

Bu haqda hukumatning 2025-yil 11-yanvarda tegishli qarori qabul qilindi
Foto: Yuz.uz

Endilikda ayrim ta’lim muassasalarining oshxonalari E-auksion platformasi orqali ijaraga beriladi. Bu haqda hukumatning 2025-yil 11-yanvarda tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarining oshxonalari tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Shu bilan birga, oshxonalarni ijaraga berish va hisobini yuritish uchun online-ijara.uz axborot tizimi joriy etiladi. Ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha monitoring va nazorat amalga oshiriladi.

Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan, umumiy ovqatlanish sohasida kamida 6 oy faoliyat yuritgan, oshxona faoliyatiga mos maxsus jihozlarga ega va soliq yoki ijara toʻlovlari boʻyicha qarzdorligi boʻlmagan tadbirkorlar qatnashishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim maktab xodimlariga ustamalar toʻlash takomillashtirilishi haqida xabar bergan edi.