Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) tomonidan Rossiyaga nisbatan yangi iqtisodiy cheklovlar joriy etilganidan so‘ng neftning jahon bozoridagi narxi so‘nggi uch oy ichida eng yuqori darajaga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Savdogarlar sanksiyalar Rossiya neftining Xitoy va Hindistonga yetkazib berilishiga ta‘sir qilishini kutishmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni Brent nefti fyucherslari barreliga $81,11 ga (1,69 foizga o‘sgan), WTI narxi $77,97ga (+1,83 foiz) oshdi.
O‘tgan juma kuni Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Rossiya Federatsiyasining energetika kompaniyalari, shu jumladan, Gazprom Neft bilan bitimlar cheklangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «KazTransOyl» Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini 74 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.