Oʻzbekiston gilos eksporti hajman kamaygan bo‘sa-da, $70,3 millionga yetdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning xuddi shu davriga nisbatan sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda
Foto:Pexels.com

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar – noyabr oylarida umumiy qiymati $70,3 millionga teng boʻlgan 32,2 ming tonna gilos eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Mazkur ko‘rsatkich 2023-yilning xuddi shu davriga nisbatan sezilarli o‘zgarishni ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili O‘zbekiston umumiy qiymati $52,9 millionga teng bo‘lgan 45 ming tonna gilos eksport qilgan edi.

Taqqoslash natijalari shuni koʻrsatadiki, 2024-yilda gilos eksport hajmi 12,8 ming tonnaga kamaygan boʻlsa-da (-28,4%), eksport qiymati $17,4 millionga oshgan (+32,9%). Bu oʻzgarishlar gilos narxining xalqaro bozorda qimmatlashgani va sifatli mahsulotga talab ortgani bilan izohlanmoqda.

Eksport geografiyasi boʻyicha Rossiya eng yirik xaridor boʻlib qolmoqda. 2024-yilda mazkur davlatga 25,4 ming tonna gilos yetkazib berilgan. Shuningdek, Qozogʻiston (3,5 ming tonna) va Qirgʻiziston (2,7 tonna) ham asosiy xaridorlar qatoridan joy olgan. Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Janubiy Koreya va Malayziya kabi davlatlarga ham gilos yetkazib berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatimiz eksporti 5,3 foiz o‘sish qayd etib, $64,8 million daromad keltirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek