OKMK mahsulot ishlab chiqarishni 20,5 foizga oshirdi

eʼlon qilindi
38 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi
Foto: OKMK

2024-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) tomonidan 38 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 20,5 foizga koʻpdir. Kombinat ishlab chiqarish prognozini 16 foizga oshirib, yil davomida OKMK rudani qazib olishni 4,6 foizga, oʻz xomashyosidan katodli mis ishlab chiqarishni 4,1 foizga oshirdi.

Shuningdek, OKMK oltin tarkibli rudani qazib olish va qayta ishlash, kimyoviy moddalar, selen va tellur ishlab chiqarish boʻyicha ham moʻljallangan koʻrsatkichlarga erishdi. Yil yakunlariga koʻra, kombinat 7,5 milliard soʻmlik xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqardi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil yakunlari boʻyicha OKMK eksporti 8,4 foizga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek