Bir hafta ichida SQB, “O‘zmetkombinat” va “O‘zbektelekom” aksiyalari narxlarida qanday o‘zgarishlar kuzatildi

eʼlon qilindi
4-yanvardan 10-yanvar sanasigacha UCI fond indeksi 1,7 foizga oshdi
Foto: leungchopan / Depositphotos.com

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar ortda qolgan haftada turli dinamikani koʻrsatdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.

4-yanvardan 10-yanvar sanasigacha UCI fond indeksi 1,7 foizga oshdi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatorini «Kvarts» (+15,78 foiz), «Oʻzbekneftgaz» (+8,11 foiz) va «Turon bank» (+7,76 foiz) band qildi.

Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Oʻzsanoatqurilishbank» (-9,24 foiz), «Qizilqumsement» (-7,36 foiz) va «Oʻzbektelekom»(-3,36 foiz) kompaniyalarining aksiyalari joy oldi.

Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (828 ta), «OʻzRTXB» (811 ta) va «Aloqabank» (776 ta) egalladi.

Mazkur davrda 22 ta yuqori likvidli aksiyalardan 12 tasi haftani yashil rangda yakungan bo‘lsa, «Toshkent» respublika fond birjasida 3,2 milliard soʻmlik 10,1 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yuqori likvidli aksiyalar roʻyxatidan «Oʻzbektelekom» va «Oʻzbekkoʻmir» aksiyalari chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek