Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqarildi — OAV
«Salimboy» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 12-yanvar, yakshanba kuni ozodlikka chiqarildi. Bu haqda qator mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 6-yilga qamalgan tadbirkor sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning bahorida sud hukmi bilan Abduvaliyev qurol, oʻq-dori va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasida aybdor deb topgan edi.
Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev 1950-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻizistonda Salimbay bilan aloqasi tufayli tadbirkor hibsga olingani haqida yozgan edi.