Bugun, 13-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturida Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston prezidenti «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.
Shuningdek, davlat rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident BAAga borishi haqida xabar berdi.