Avto

Yangi Tesla Model Y uchun allaqachon 50 mingdan ortiq buyurtmalar kelib tushdi

Tesla rasmiylari mart oyidan boshlab yetkazib berishni boshlashni rejalashtirgan
Foto:Carnewschina

Tesla kompaniyasining yangi Model Y 2025 avtomobili bozorda katta qiziqish uyg‘otdi. Birinchi kunning o‘zida 50 mingdan ortiq kishilar ushbu avtomobilga buyurtma berdi. Bu haqda Carnewschina nashri ma’lum qildi.

Tesla China sotuvchilari ma’lumotiga ko‘ra, mashina navbatiga yozilgan xaridorlarga aprel yoki may oyida yetkazib beriladi. Bu yangi model kompaniyaning bestselleri o‘rnini egallab, bozorni portlatishga muvaffaq bo‘ldi.

Model Y 2025 ning ikkita modeli Xitoyda sotuvga chiqarilgan: orqa g‘ildirakli modeli $35,9 mingdan, to‘liq g‘ildirakli uzoq masofali versiyasi esa $41,4 mingdan boshlanadi. Tesla rasmiylari mart oyidan boshlab yetkazib berishni boshlashni rejalashtirgan.

Xitoydagi sotuvchilar yangilangan modelga qiziqish sezilarli oshganini ta’kidlamoqda. Chegirmalarga qaramay ko‘plab xaridorlar eski Model Y dan voz kechib, yangi modelga buyurtma bermoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla Model Y Juniper Xitoyda sotuvga chiqarilgani haqida xabar bergan edi.