Dollar kursi pasaydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bir kun avval esa dollar kursi 15 so‘m 8 tiyinga oshdi
Foto: Skovoroda / www.depositphotos.com

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari rasmiy kursi biroz pasaydi. Xususan, 14-yanvar kuni valyuta 1 so‘m 8 tiyinga kamayib, 12 971 so‘mni tashkil etdi.

Bir kun avval, 13-yanvarda esa dollar kursi 15 so‘m 8 tiyinga oshib, 12 972,08 so‘mga yetgan edi.

O‘tgan haftalarda ham kursda sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. 10-yanvarda dollar kursi 12 957 so‘mga ko‘tarilgan bo‘lsa, 9-yanvarda qisqa muddatli pasayish kuzatilib, 22 so‘m 54 tiyinga kamaygan edi. Shunga qaramay 8-yanvarda dollar o‘zining rekord ko‘rsatkichi 12 962,98 so‘mga yetgan edi. Yangi yil boshidan beri kursning o‘sish tendensiyasi saqlanib, 7-yanvarda 12 948,10 so‘m, 4-yanvarda esa 12 942,01 so‘mni tashkil etdi.

2025-yil uchun ekspertlar prognozlari

Moliya bozoridagi mutaxassislar 2025-yilda ham dollar kursi o‘sishda davom etishini bashorat qilishmoqda. Alif Uzbekistan kompaniyasi rahbari Nuriddin Lafizovning fikriga ko‘ra, so‘m dollarga nisbatan 13 000 so‘mlik psixologik chegarani kesib o‘tishi mumkin. U yil oxiriga borib kurs 13 700 – 13 800 so‘m atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, Kep Depo kompaniyasining katta tahlilchisi Shodibek Kenjayev o‘rtacha yillik kursni 13 300 so‘m, yil oxirida esa 13 450 so‘mga yetishini bashorat qilmoqda.

Boshqa moliyaviy ekspertlar ham dollarning narxi oshishda davom etishi ehtimolini tasdiqlamoqda.

Shuningdek