Jamoat transport yo‘lagidan qachon foydalanish mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi va qabul qilindi
Foto: Transphoto.com

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan yo‘l bo‘ylab noto‘g‘ri harakatlanish holatlarini tartibga solishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi va qabul qilindi.

Yangi qoidaga ko‘ra, haydovchilarning yo‘nalishli transport vositalari uchun maxsus ajratilgan yo‘ldan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ushbu yo‘llardan faqatgina quyidagi holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

  • Tezkor va maxsus xizmat transport vositalari tomonidan;
  • Yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metrgacha bo‘lgan masofada, uzuq-uzuq chiziqli joylarda;
  • Yo‘nalishli transport vositalariga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish;
  • Chetki o‘ng tasmadan yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil Toshkent shahriga qoʻshimcha mingta avtobus olib kelinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek