Bugun, 14-yanvar kuni Sibir transport politsiyasi Krasnoyarsk oʻlkasi aeroportida pichoqbozlik sodir etgan Oʻzbekiston fuqarosini soʻroq qilinayotgan videoni e’lon qildi.
Soʻroq paytida erkak oʻzining xatti-harakatlarini aniq tushuntira olmagan, faqat hujumdan oldin ancha spirtli ichimlik ichganini eslatib oʻtdi.
Voqea yuz bergan muassasa xodimining soʻzlariga koʻra, jinoyatchi avval barmenga pichoq bilan hujum qilgan, keyin bar peshtaxtasi ustidan sakrab oʻtib, boshqa erkakni roʻyxatga olish ustunlari tomon quvib ketgan.
Hibsga olingan shaxsning aytishicha, u 11-yanvar kuni Krasnoyarskka kelgan va tez orada uyiga qaytishni rejalashtirgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.