O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslarga kredit bitimlarini tuzishga taqiq belgilash va uni olib tashlash huquqi taqdim etiladi. Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish tartibi va shartlari aniqlanadi. Bundan tashqari, belgilangan taqiqni buzgan holda kredit bitimi tuzilganida javobgarlik joriy etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.