
ZTE kompaniyasi Xitoy Yangi yiliga bag‘ishlangan Nubia Z70 Ultra New Year Edition smartfonini taqdim etdi. U standart modelning texnik xususiyatlarini saqlab qolgan, lekin yangi dizayn va sovg‘alar bilan boyitilgan. Bu haqda Weibo nashri ma’lum qildi.
Ushbu model 16-yanvarda faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqariladi.

Smartfon 144 Gts yangilanish tezligiga ega, 6,85 dyuymli 1,5K OLED displey bilan jihozlangan. Uning ekran maydoni 95,3% ni tashkil etib, yorqinligi 2000 nitsgacha yetadi.

U Snapdragon 8 Elite chipi, Adreno 830 grafik protsessori, 24 GB LPDDR5X operativ xotira va 1 TB UFS 4.0 saqlash hajmi bilan ishlaydi. Smartfon Android 15 asosida ishlab chiqilgan Nebula AIOS tizimi bilan ta’minlangan.

Asosiy kamerasi 50 MP, 50 MP va 64 MP modullar bilan jihozlangan, selfi uchun 16 MP displey ostidagi kamera bor. Batareyasi 6150 mA/soat sig‘imga ega bo‘lib, 80 Vt tez zaryadlash va IP68/IP69 himoya darajasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ZTE’ni O‘zbekistonda Data markazlari qurilishiga jalb qilishmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.