BAA bilan hamkorlikda Toshkentda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusni BAA sun’iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan muhokama qildi.
Shuningdek, tomonlar generativ sun’iy intellektni yaratish, shu jumladan, energetikada katta til modellaridan foydalanish boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi.
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universitetida oʻzbekistonlik talabalarni oʻqitish dasturini boshlashni taklif qildi. Tadqiqot laboratoriyalari va texnologik klasterlar tashkil etish rejalari muhokama qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi sammitda «yashil» iqtisodiyot, energetika manbalari va iqlim oʻzgarishi masalalari haqida nutq soʻzlagani haqida xabar bergan edi.