Adliya vazirligi birjadan tashqari bozorni tartibga soluvchi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi

eʼlon qilindi
Mazkur nizom aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlarini tartibga soladi
Foto: mdisk2514 / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Adliya vazirligi qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Mazkur nizom aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlarini tartibga soladi.

Birjadan tashqari savdolar tashkilotchilari qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish buyurtmalarini qabul qilish, savdolarni tashkil etish va bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mulk huquqlarini rasmiylashtirish, kotirovka ma’lumotlarini taqdim etish va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish ishlari ham ularning vazifasiga kiradi.

Yangi nizomga ko‘ra, fond birjasi kotirovkalash varag‘ida mavjud bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar birjadan tashqari savdolarda sotilishi mumkin. Barcha bitimlar va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari elektron shaklda amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir hafta ichida SQB, «O‘zmetkombinat» va «O‘zbektelekom» aksiyalari narxlarida qanday o‘zgarishlar kuzatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek