Shavkat Mirziyoyev BAA bilan «quruq» portlar barpo etishga kelishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA investitsiyalar vaziri, ADQ xoldingining bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar innovatsion texnologiyalar, nodir metallarni qazib olish, temir yoʻllarni rivojlantirish, «quruq» portlar barpo etish, kabellar ishlab chiqarish, shuningdek, ta’lim va tibbiyotda DXSH loyihalarini tezroq amalga oshirishga kelishib oldi.
Shuningdek, har bir kompaniya bilan hamkorlik qilish boʻyicha keyingi qadamlarni belgilab oldik. Infratuzilma, qurilish, energetika, transport, logistika, togʻ-kon sanoati, elektrotexnika va kommunal xoʻjalik sohalarida qoʻshma loyihalar rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda BAA bilan hamkorlikda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi ochiladi.