Yangiliklar

AQSh dollarining rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi

8,99 so‘mga pasaydi
Foto: Pixabay

Bugun, 15-yanvar kuni AQSh dollari rasmiy kursi 8,99 soʻmga pasayib, 12 962,01 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

AQSh dollari ketma-ket ikki kundan beri tushib, 10,07 soʻmga arzonlashdi. Shunga qaramay 13-yanvar kuni dollar oʻzining rekord koʻrsatkichi 12 972,08 so‘mga yetgan edi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 900 – 12 935 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 975 – 13 035 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shuningdek, 15-yanvar kuni yevro 56,88 soʻmga oshib, 13 365,13 soʻmni tashkil qildi. Bir Rossiya rubli 0,02 soʻmga pasayib 126,02 soʻm boʻldi.

Alif Uzbekistan rahbari Nuriddin Lafizovning fikricha, soʻm dollarga nisbatan 13 000 soʻmlik chegarani kesib oʻtib, yil oxiriga borib, 13 700 – 13 800 soʻm atrofida boʻlishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 14-yanvar kuni dollar kursi 1,08 soʻmga pasayib, 12 971 soʻmni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.