Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

eʼlon qilindi
U tergovni noqonuniy deb hisoblaydi
Foto: South Korean Presidential Office/Getty Images

Janubiy Koreya tergovchilari chorshanba kuni ertalab mahalliy vaqt bilan mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderini ijro etdi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarining o‘zi Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat agentligi (CIO) xodimlariga so‘roqqa kelishga qaror qilgan. Shunga qaramay u tergovni noqonuniy deb hisoblaydi.

Yun Sok Yol 2024-yil dekabrida mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan edi. Prezident qarori parlament tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi va ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

Markaziy razvedka boshqarmasi avvalroq davlat rahbarini fitnada ayblab hibsga olishga uringan, biroq harbiylarning qarshiligiga duch kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyada muvaqqat prezidentga impichment e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek