Yangiliklar

«Navoiyuran» 2024-yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga oshirdi

13,7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi
Foto: Robertohunger / Depositphotos

2024-yil yakunlariga koʻra, davlat korxonasi «Navoiyuran» tomonidan 13,7 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkich 2023-yildagiga nisbatan ikki baravarga koʻpdir, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Korxona yil davomida $125,9 million AQSh miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirib, 122 ta yangi ish oʻrni yaratdi. Xarajatlarni optimallashtirish natijasida mahsulot tannarxi 457,2 milliard soʻmga kamaydi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida «Navoiyuran» 58,7 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqardi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 132,1 foizga yuqori.

Kompaniya yillik soliq ajratmalarini 4,6 trillion soʻmga yetkazdi va mamlakatning eng yirik uchta soliq toʻlovchi korxonalari qatoridan joy oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) 2024-yil yakunlariga koʻra ishlab chiqarish hajmini 39 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.