Oʻzbekiston BAA bilan sun’iy intellekt sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuvda sun’iy intellekt sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Muloqot davomida Koʻp qirrali hamkorlik va ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Amirliklarining yetakchi kompaniya va xoldinglari rahbarlari bilan erishilgan kelishuvlar toʻliq amalga oshirilishi qoʻllab-quvvatlandi.
Shuningdek, oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, togʻ-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish boʻyicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev BAA bilan «quruq» portlar barpo etishga kelishgani haqida xabar bergan edi.