O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi birja bitimlari hajmi uch barobar oshdi

eʼlon qilindi
Gomel viloyati bilan birja savdosi muhokama qilinar ekan, Belarus yog‘och eksporti asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi
Foto: Rg.ru

2024-yilda Belarus va O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan tuzilgan birja bitimlari hajmi $55 mlnga yetib, bu 2023-yilga nisbatan uch barobar ko‘pdir. Ushbu ma’lumot Belarus universal tovar birjasining (BUCE) Gomel filiali direktori Grigoriy Ginsar tomonidan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati delegatsiyasi bilan uchrashuvda e’lon qilindi.

BUCE vakilining so‘zlariga ko‘ra, birja savdosi hajmining o‘sishi O‘zbekistondan akkreditatsiyadan o‘tgan savdo ishtirokchilari sonining 97 tadan 177 taga ko‘payishi bilan bog‘liq. Shuningdek, Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdoga yangi tovarlar, xususan, yog‘siz va quruq sut kiritilishi bu jarayonga katta ta’sir ko‘rsatdi. Faqat avgustdan dekabrgacha bu mahsulotlar bo‘yicha bitimlar miqdori $4 mlndan oshgan.

O‘zbekistonning Belarusga eksportida to‘qimachilik sanoati uchun paxta ipi va kulrang mato muhim o‘rin tutadi. Ushbu mahsulotlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar hajmi 2023-yilda bir yarim barobar oshgan.

Gomel viloyati bilan birja savdosi muhokama qilinar ekan, Belarus yog‘och eksporti asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Yog‘och mahsulotlari ikki davlat o‘rtasidagi bitimlarning 88 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, sut mahsulotlari va yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini savdosini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat va Belarus o‘rtasida qo‘shma tanlov e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek