
Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qilishicha, 2025-yil 15-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:32 da Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 38,66° shimoliy kenglik va 66,64° sharqiy uzunlikda, 10 km chuqurlikda qayd etilgan. Magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila episentri Toshkent shahridan 363 km janubiy-g‘arbda joylashgan.
O‘zbekiston hududida zilzila Qamashi tumanida 2 ball kuch bilan sezilgan.
Tegishli xizmatlar vaziyatni nazoratga olgan, zilzila oqibatlaridan zarar yetgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoro viloyatida zilzila yuz bergani haqida xabar bergan edi.