18 – 22-yanvar kunlari respublikada yogʻingarchilik va havo haroratining keskin oʻzgarishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababli ayrim togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi mumkin. Xususan, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlaridagi Chotqol tizmasi togʻlari, shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumani hududlarida qor koʻchishi ehtimoli mavjud.
Avvalroq Kursiv Oʻzbekistonda 13 – 17-yanvar kunlari havo iliq va yogʻingarchiliksiz boʻlishi haqida xabar bergan edi.