Toshkent 2025-yilgi konkur bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
eʼlon qilindi
Joriy yilning 1 – 3-aprel kunlari
Quvaytda bo‘lib o‘tgan Osiyo ot sporti federatsiyasi (AEF)ning navbatdagi Bosh Assambleyasida Toshkent 2025-yilgi konkur bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev mamlakat nomidan ishtirok etdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 1 – 3-aprel kunlari O‘zbekiston poytaxti konkur bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa «Universal Horses Stable» ot sporti majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BAAdagi ot sporti bo‘yicha turnirda o‘zbekistonlik chavandoz kumush medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.