«UzAuto Motors» AJ Chevrolet Cobalt GX-Midnight AT avtomobillari uchun avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan, ammo belgilangan muddatlarda to‘lovi amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga chiqarilishini e’lon qildi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtoSavdo ilovasi orqali tuziladi.
Telegram-bot xizmati foydalanuvchilarga navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Shuningdek, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yaqin kunlarda Cobalt Midnight avtomobillari o‘z egalariga topshirilishi haqida xabar bergan edi.