17-yanvardan Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqaradi

eʼlon qilindi
Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi
Foto: Pexels.com

Oʻzbekiston Markaziy banki 17-yanvardan boshlab ogʻirligi 100 gramm boʻlgan oltin quymalarni sotuvga chiqardi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajarib oʻz seriya raqamiga ega boʻladi. Oltin quymalarning sotish narxlari har kuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.

Shuningdek, Qadoqlari but holatdagi oltin quymalar sotuv shoxobchalarida toʻlov orqali qaytarib sotib olinadi. Qadogʻi buzilgan quymalar esa ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng qabul qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalar sotuvda mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek