Yangiliklar

AQSh dollarining rasmiy kursi yana tushdi

6,15 soʻmga pasaydi
Foto: Unsplash

16-yanvar kuni AQSh dollari rasmiy kursi 6,15 soʻmga pasayib, 12 955,26 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

AQSh dollari ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda. Shunga qaramay 13-yanvar kuni dollar oʻzining rekord koʻrsatkichi 12 972,08 soʻmga yetgan edi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 895 – 12 940 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 965 – 13 025 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shuningdek, yevro 38,05 soʻmga oshib, 13 327,08 soʻmni tashkil qildi. Rossiya rubli esa 0,42 soʻmga pasayib 126,44 soʻm boʻldi.

Kep Depo kompaniyasining katta tahlilchisi Shodibek Kenjayev AQSh dollarining oʻrtacha yillik kursini 13 300 soʻm, yil oxirida esa 13 450 soʻmga yetishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh dollarining rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaygani haqida xabar bergan edi.