Yangiliklar

AQSh Qirgʻizistonning “Keremet Bank”iga sanksiyalar joriy qildi

Bu haqda AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) ma'lum qildi
Foto: Kotykolenabo / Depositphotos.com

AQSh Qirg‘izistonning «Keremet Bank»iga qarshi Rossiyaga nisbatan savdo cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bergani uchun sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) ma’lum qildi.

Bank 2024-yil yozidan beri Rossiyaning sanksiya ostidagi «Promsvyazbank» (PSB) bilan muvofiqlashgan holda transchegaraviy pul oʻtkazmalari amalga oshirgan. «Keremet Bank» nazorat paketi esa 2024-yilda Rossiya bilan aloqadagi firmaga sotilgan.

OFAC’ning taʼkidlashicha, bu Rossiya uchun sanksiyalardan chetlab oʻtish imkonini yaratgan. «Keremet Bank» ayblovlarni rad etib, xalqaro va milliy qonunchilikka rioya qilganini maʼlum qildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning ikki kompaniyasi AQSh sanksiyalari roʻyxatiga tushgani haqida xabar bergan edi.