Chorsudan kelgan jigar TikTok yulduziga aylandi, ammo u yo’q qilindi
Toshkent shahridagi «Chorsu» bozorida sotuvdan to‘qqiz kilogramm og‘irlikdagi jigar partiyasi olib qo‘yildi. Mahsulotning zarur veterinariya-sanitariya hujjatlari bo‘lmagan, deya xabar berdi SES.
Tuman SES bo‘limi va bozor ma’muriyati xodimlari bloger Saudagerning TikTok’dagi videolavhasidan so‘ng tekshiruv o‘tkazdi. Unda bir kishi mahsulot ifloslanganligini va uni sotish mumkin emasligini aytadi.
Foto: Saudager
Ma’lum bo‘lishicha, go‘sht mahsulotlari sanitariya qoidalariga zid ravishda sotilgan. Jigar olib tashlandi va utilizatsiya qilindi.
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bozorda go‘sht mahsulotlari ekspertizadan o‘tkaziladigan laboratoriya mavjudligini eslatdi. Xaridorlarga go’sht mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni sotuvchilardan tekshirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jasjan nomi bilan tanilgan bloger besh sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edi.