Investitsiya loyihalarida mahalliy mahsulotlardan foydalanish kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarida mahalliy komponentlardan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Ushbu yondashuv yangi ish o‘rinlarini yaratish, valyuta mablag‘larini tejash va yondosh sohalarni rivojlantirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, hozir amalga oshirilayotgan $75 mlrdlik yirik investitsiya loyihalarining $28 mlrdni mahalliy mahsulotlar yordamida qoplash mumkin.
Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka tashkil qilish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Bundan tashqari, tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan hamkorlikda tuman va korxonalar kesimida 2025-yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish dasturini tayyorlash vazifasi belgilandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan $110 mlnlik uskunalari hanuz omborlarda saqlanayotgani tanqid qilingani haqida xabar bergan edi.