Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Kelishuv bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
Фото: KirillM / www.depositphotos.com

Falastinning HAMAS guruhi va Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Reuters xabariga ko‘ra, bitim yakshanba kuni kuchga kiradi.

Kelishuv bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish va falastinlik mahbuslarni qamoqxonalardan ozod etish ko‘zda tutilgan.

Biroq, murosaga erishilganiga qaramay, janglar davom etmoqda. O‘tgan kechasi Isroil G‘azo sektoriga havo hujumlarini amalga oshirdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 32 kishi halok bo‘lgan.

So‘nggi oylarda tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilayotgani haqida ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu bitim G‘azo sektorida davom etayotgan insoniy inqirozni yumshatishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bayden ma’muriyati Isroilga $8 milliardlik qurol sotishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek