O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2025-yil 13-yanvarda «Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga binoan, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil va havo qatnovlari to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi.
Mazkur bitimlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan bo‘lib, ular ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ sifatida belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlariga bitimlar kuchga kirganidan so‘ng ularning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan jamoat transport yo‘lagidan qachon foydalanish mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edi.