Yangiliklar

UzAuto Motors 2024-yilda Oʻzbekiston bozorining 88 foiziga egalik qildi

UzAuto Motors tomonidan 353,7 mingta avtomobil ishlab chiqarildi
Foto: UzAuto Motors

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarining mamlakat ichki bozori uchun umumiy sotuvi 402 mingdan ortiqni tashkil qildi. Bu haqda uzavtosanoat axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, mazkur davrda UzAuto Motors tomonidan 353,7 mingta (87,9 foiz), ADM Jizzakh 30,3 mingta (7,5 foiz), BYD Uzbekistan Factory 17,1 mingta (4,3 foiz), Asaka Motors 489 ta (0,1 foiz), Jizzakh Auto 394 ta (0,1 foiz) va SamAuto 317 ta (0,1 foiz) avtomobillar ishlab chiqarildi.

Oʻzbekistonliklar orasida esa eng ommabop model Cobalt boʻlib, bir yil ichida 127 mingdan ortiq ushbu avtomobillar sotilgan. Shuningdek, yetakchi uchlikdan Damas (106 ming) va Tracker (37,9 ming) joy oldi.

2024-yilda ADM Jizzakh zavodida yigʻilgan 19,4 mingta Kia, 7,5 mingta Chery va 3,3 mingta Haval avtomobillar sotilgan. Shuningdek, BYD Uzbekistan Factory tomonidan 17,1 mingta sotildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt uchun 40 mingdan ortiq shartnoma imzolangani haqida xabar berdi.