Apple Watch avtomobil halokati paytida erkakning hayotini saqlab qoldi

17-yanvar 2025 17:52 eʼlon qilindi

(18-yanvar 2025 00:53 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto:9TOMAC

Massachusets shtatida 55 yoshli erkak avtomobil boshqarayotganda hushidan ketib, halokatga uchradi. Uning avtomobili qo‘shnining garajidan o‘tib, hovuzga teskari tushib qoldi. Ushbu hodisada erkakning hayotini Apple Watch’dagi Crash Detection funksiyasi saqlab qoldi. Ushbu innovatsion texnologiya tez yordam xizmatlariga avtomatik ravishda qo‘ng‘iroq qildi va hodisa joyini aniqlab berdi. Bu haqda 9TOMAC nashri ma’lum qildi.

Voqea 16-dekabr kuni yuz berdi. Erkakning o‘zi xotirlaganidek, halokatdan oldin u o‘zini yomon his qilib, hushidan ketgan. Qo‘shnisining tashqi kamerasi hodisani tasvirga olgan: avtomobil katta tezlikda harakatlanib, garajdan o‘tib, hovuzga tushib ketgan. Sekin-asta o‘ziga kelgan erkak Apple Watch orqali favqulodda xizmatlar bilan bog‘langanini tushunib yetdi.

«Apple Watch’dagi ovoz meni tinchlantirdi va yordam kelayotgani haqida xabar berdi. Agar bu funksiyalar bo‘lmaganda, men cho‘kib ketgan bo‘lardim», – deydi erkak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Siri orqali yashirin tinglash uchun har bir foydalanuvchiga $20 dan toʻlab berishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek