Binance kriptobirjasi O‘zbekiston bozoriga kiradi

eʼlon qilindi
Binance o‘z faoliyatini mahalliy provayder – CoinPay orqali amalga oshiradi
Foto: rafapress / www.depositphotos.com

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Binance kripto-birjasi mamlakat rezidentlariga xizmat ko‘rsatishini qonuniylashtirish masalasini hal etdi. U faoliyatini mahalliy provayder – CoinPay orqali amalga oshiradi. Bu haqda ILMA ma’lum qildi.

Binance foydalanuvchilari platformadan milliy valyutada bank kartalari va to‘lov tizimlari orqali mablag‘ kiritish va chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tizimning ishga tushirilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalarda e’lon qilinadi.

2024-yil yanvar oyida Agentlik tomonidan Binance’ga kripto-aktivlar aylanmasi qonunchiligini buzganligi uchun 300 bazaviy hisoblash miqdorida jarima qo‘llangan edi.

Agentlik fuqarolarni kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni qonuniy provayderlar orqali amalga oshirishga chaqiradi. Shuningdek, kriptoaktivlarni sotib olish va ulardan foydalanish mas’uliyati to‘liq xaridorlarning zimmasiga yuklatilishi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA Binance xalqaro kriptobirjasini sudga bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek