IT Park rezidentlarida qanday mutaxassislarga talab katta

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ingliz tilini biladigan mutaxassislarga talab yuqori
Foto: Prezident matbuot xizmati

IT Park Uzbekistanʼda ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajasiga ega mutaxassislarga talab yuqori. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, yapon, koreys va nemis tillarini biladigan mutaxassislarga ham talab katta boʻlib, bu Sunnydays va Alex Solutions kabi xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatlarini ochadi.

Eng koʻp talab qilinadigan vakansiyalar: Middle Project Manager, Senior Software Engineer, HelpDesk Specialist va Frontend Engineer.

Junior mutaxassislarning oylik maoshlari oyiga 6 mln soʻmdan 12 mln soʻmgacha oʻzgarib turadi. Middle mutaxassislar 12 million soʻmdan 25 million soʻmgacha daromad olishlari mumkin, Senior mutaxassislarning maoshlari esa 25 million soʻmdan oshadi.

Oʻyin sanoatida (GameDev) oʻrtacha oylik daromadi taxminan 26 million soʻmni tashkil qiladi. Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalarning biznes jarayonlarini boshqaradiganlarning boshlangʻich maoshi oyiga qariyb 6 mln soʻmni tashkil etadi, biroq bir yildan soʻng daromad 10 – 12 mln soʻmga yetishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryo viloyatida startaplar va yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Startup Garage loyihasining filiali ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek