Oʻzbekistonda insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantirilgan
Foto: garagestock / depositphotos.com

«Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatdan iborat boʻlib, unga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • Davlat xaridlari shartlarini buzgan yoki bajarishdan bosh tortganlar.
  • Majburiyatlarni bajarmaganlikda aybdor deb topilganlar (bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar mustasno).
  • Davlat xaridlarida yolgʻon yoki soxta hujjatlar taqdim etganlar, manfaatlar toʻqnashuvini yashirganlar.
  • Sud qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish yoki korrupsiya jinoyatlarini sodir etganlar.

Insofsiz ijrochi Reyestrga kiritilganidan boshlab 2-yil muddat oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda Reyestrdan chiqariladi. Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga koʻra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat organlari ochiqligi masofadan monitoring qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek